08:16 / 10.11.2020
3712

Peru prezidenti iste'foga chiqdi

Foto: EPA

Peru kongressi plenumi mamlakat prezidenti Martin Viskarraga impichment e'lon qildi. Peru prezidenti poraxo‘rlikda ayblanmoqda.   

Impichment e'lon qilish qarorini 105 deputat qo‘llab-quvvatlagan, 19 deputat qarshi chiqqan, 4 deputat betaraflik bildirgan. 

Peru qonunlariga ko‘ra, endi prezident lavozimini parlament spikeri Merino de Lama egallaydi. Uning yangi prezident sifatida qasamyod keltirishi 10 noyabrga belgilangan.

Viskarra 2011-2014 yillarda Mokegua viloyati gubernatori bo‘lgan vaqtda qurilishdagi korrupsiya ishi bo‘yicha ayblanmoqda. Uning impichmentiga ushbu ish bo‘yicha tergov bilan hamkorlik qilayotgan 4 kishining ko‘rsatmasi olib kelgan. Ushbu shaxslar Viskarra qurilishdagi pudratlarni taqsimlashda 600 ming dollardan ko‘proq pora olganini tasdiqlashgan. 

Viskarraning o‘zi ayblovlarni rad etmoqda. Uning ta'kidlashicha, tergov endigina boshlang‘ich bosqichda bo‘lib, o‘z jazo muddatini qisqartirishga urinayotgan shaxslar ko‘rsatmalariga asoslangan.

Viskarra Peruning sobiq prezidenti Pedro Kuchinskining 2018 yil martidagi impichmentidan keyin prezident lavozimini egallagandi. 

Top