18:43 / 11.11.2020
7217

«E-IJRO AUKSION»: Tashqi reklama obektlari bo‘yicha auksionlar o‘tkazildi

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 fevraldagi «Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida»gi qaroriga asosan, endilikda respublika hududlarida tashqi reklama obektlarini o‘rnatish huquqini olish ham faqatgina «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasi orqali amalga oshiriladi. 

Bugun, 11 noyabr kuni e-auksion.uz saytida tashqi reklama obektlarini o‘rnatish huquqi uchun onlayn auksion savdolari o‘tkazildi. Natijada jami boshlang‘ich narxi 6,1 mln so‘m bo‘lgan 12 ta obekt 12,3 mln so‘mga sotildi.

Misol uchun, Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumanidagi boshlang‘ich narxi 507 ming so‘m bo‘lgan LED monitor o‘rnatish huquqi uchun 3,3 mln so‘m tasdiqlandi.

Ma'lumot uchun, hozirgi kunda e-auksion.uz savdo maydonchasida Toshkent viloyatidan 22 ta, Samarqand viloyatidan 708 ta tashqi reklama obektlarini joylashtirish huquqi savdoda turibdi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi «Elektron onlayn
auksionlarni tashkil etish markazi» DUK

Top