20:33 / 11.11.2020
12631

Muxolifat Pashinyanga ultimatum qo‘ydi

Avvalroq muxolifat milliy qutqaruv qo‘mitasi tashkil etilganini e'lon qilgan va «xoinlik bilan sotilgan yerlarni qutqarish»ga va'da bergandi.

Foto: RIA Novosti

Armaniston parlamentining muxolif fraksiyalari bosh vazir Nikol Pashinyanga ultimatum qo‘ydi.

«Pashinyanga iste'foga chiqish uchun bugun soat 24:00gacha vaqt beramiz», — dedi «Dashnaksutyun» partiyasi vakili Ishxan Sagatelyan.

Agarda ushbu talab bajarilmasa, muxolifat 12 noyabr kuni «Pashinyan va uning siyosiy jamoasini hokimiyatdan chetlatish masalasini hal qiladi», deb qo‘shib qo‘ydi u.

Avvalroq muxolifat milliy qutqaruv qo‘mitasi tashkil etilganini e'lon qilgan va «xoinlik bilan sotilgan yerlarni qutqarish»ga va'da bergandi.

Yerevanda 10 noyabr kuni Pashinyan Rossiya va Ozarboyjon yetakchilari bilan Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bayonotni imzolaganidan so‘ng ommaviy noroziliklar boshlandi.

Mavzu
Qorabog‘ urushi
12 iyul kuni Ozarboyjon shimoli-g‘arbidagi Tovuz viloyati hududida ikki davlat qo‘shinlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top