09:35 / 12.11.2020
4683

Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan orfan dori vositalari ro‘yxati yangilandi 

Sog‘liqni saqlash vazirligi kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan orfan dori vositalari ro‘yxatini yangiladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi xabariga ko‘ra, oldingi tahrir bilan solishtirganda ro‘yxat 138 dan 163 pozitsiyagacha oshirildi.

Ro‘yxatga kam uchraydigan kasalliklarga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun mo‘ljallangan tibbiy buyumlar qo‘shildi. 

Xususan, bu turli o‘lcham va zichlikdagi yumshoq silikon bog‘lamlar, bog‘lamlarni fiksatsiyalash uchun elastik bintlar, shuningdek davolash vositalaridan iborat atravmatik bog‘lamlar, salfetkalar va fiksatsiyalovchi bintlar.

Top