17:04 / 12.11.2020
19728

Toshkentda 3ta Malibu ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Joriy yilning 12 noyabr kuni soat 13:30larda, Toshkent shahar Chilonzor tumani Chilonzor ko‘chasi, 54-uy qarshisida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1983 yilda tug‘ilgan U.O. boshqaruvidagi Malibu, haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan I.R. boshqaruvidagi Malibu va yana bir haydovchi, 1969 yilda tug‘ilgan A.X. boshqaruvidagi Malibu transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada, 37 yoshli haydovchi U.O. tan jarohati olib shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Top