08:30 / 14.11.2020
2432

Boulevard Business Center – biznesingiz uchun muvaffaqiyatli makon

To‘g‘ri tanlangan manzil – bu biznesingizdagi muvaffaqiyat va ko‘p millionlik daromad eshigining kalitidir.

Zamonaviy Boulevard biznes-markazi poytaxtning yuqori foyda keltiruvchi va nufuzli joyi – Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida joylashgan. Bu yerda yuz minglab kvadrat metr ko‘pqavatli uy-joylar, besh yulduzli mehmonxonalar, ulkan gipermarketlar, savdo va moliya markazlari mavjud, shuningdek, u yerda har qanday biznes muvaffaqiyati uchun imkoniyatlar kafolatlangan.

Biznes-markazining birinchi qavatida 111 dan 205 kvadrat metrgacha bo‘lgan 14 ta tijorat joylari mavjud. Joylarga o‘rnatilgan panorama oynalari orqali betakror park va muhtasham Tashkent City favvorasi ko‘rinib turadi. Bu maskan nafaqat joylashuvi, balki o‘ziga xosligi bilan ham alohida ajralib turadi. Binoning shift balandligi 7 metrga yetadi. Bu esa uni ikki qavatli joyga aylantirish imkonini beradi. Shu sabab ko‘chmas mulk maydonini kengaytirish mumkin.

Shuningdek, binolar markaziy shamollatish va havoni tozalash tizimi, zamonaviy muhandislik va xavfsizlik kompleks tizimi bilan jihozlangan. Boulevard biznes-markazining ikkinchi qavatida 16 ta tayyor ta'mirlangan ofis joylashgan. Bundan tashqari, tashrif buyurgan mehmonlar va mijozlarning avtomobillari uchun qo‘riqlanadigan yerosti avtoturargohi mavjudligi binoning yana bir afzalligi hisoblanadi. 

Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun Dream City Development sotuv ofisiga murojaat qiling, bu yerda mutaxassislar yuqori sifatli ko‘chmas mulk bo‘yicha sizga eng mos variantni tanlashda yordam berishadi.

Yagona ma'lumot markazi: +99871-202-22-22

Sotuv ofisi dam olish kunlarisiz 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasi tomon yo‘l.

Sayt: dreamcity.uz

Telegram: www.t.me/dreamcityuz

Facebook: www.fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top