12:28 / 17.11.2020
17371

18 noyabr kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti

Foto: KUN.UZ

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 18 noyabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma'lum qildi.

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 1-3 daraja sovuq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, qor yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba'zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top