12:30 / 17.11.2020
8060

Gross Insurance – birinchi raqamli sug‘urta kompaniyasi

Foto: Gross Insurance

Moliya vazirligining ma'lumotlariga binoan 2020 yilning uchinchi choragi yakunlariga ko‘ra Gross Insurance sug‘urta kompaniyasi O‘zbekiston sug‘urta bozorida birinchi raqamli kompaniya deb e'tirof etildi.

O‘tgan 9 yil davomida kompaniya 400 trln so‘mlik majburiyatlari bo‘lgan 2,6 mln shartnoma bo‘yicha 2 mln. dan ortiq sug‘urta qildiruvchi va sug‘urta qilingan shaxslarga sifatli xizmatlarni ko‘rsatdi. Kompaniya tomonidan 14 mingdan ortiq sug‘urta hodisalari yuzasidan munosabatlar tartibga solingan va 60 mlrd so‘mdan ortiq sug‘urta to‘lovlari to‘lab berilgan. Respublika bo‘ylab Kompaniyaning 100 dan ortiq filiallari 100 turdan ortiq sug‘urta mahsulotlarini taqdim etgan holda faoliyat yuritmoqda. 2020 yilning avgust oyida kompaniya sug‘urta kompaniyalari orasida Ahbor-Reyting reyting agentligidan ikkinchi marta eng yuqori «uzA++» reytingini qo‘lga kiritgan holda to‘lov qobiliyati yuqori darajada bo‘lgan kompaniya maqomini yana bir bor tasdiqladi.

2020 yilda Global Banking & Finance Review xalqaro moliya nashri Gross Insurance kompaniyasini O‘zbekistonning turizm sohasidagi eng yaxshi sug‘urta kompaniyasi deb e'tirof qildi.

«Sayyohlik sug‘urtasi sohasida to‘liq bo‘lmagan olti oy ichidagi faoliyat davomida yarim milliondan ortiq sayyoh o‘z sayohati davrida o‘zlarining hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilishni bizga ishonib topshirishdi. Ushbu davrda kompaniyamiz xorijda 120 dan ortiq kechiktirib bo‘lmaydigan murakkab operatsiyalar, baxsiz hodisa va o‘lim oqibatida 35 ta holatda vatandoshlarimizni Vatanga qaytarish xarajatlarini, shuningdek 7 mlrd. so‘mdan ortiq sug‘urta tovon pullarini to‘lab bergan. Kompaniyamizga Global Banking & Finance Awards xalqaro mukofotining berilishi – bu mijozlarimizga yuqori darajada sug‘urta xizmatlarini, shu jumladan, mamlakatimiz sarhadlaridan tashqarida ham taqdim etish borasida kompaniyamiz hamda xalqaro va mamlakatimizdagi hamkorlarimiz ko‘p yillik mehnatining e'tirofi hamdir», – deb izohlab o‘tadi Gross Insurance Bosh direktori Abduaziz Abdusattorov.

Gross Insurance uchun mijozlarning xavfsizligi va salomatligi doimo dolzarb bo‘lib kelgan. Shu sababli kompaniya xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida o‘z imkoniyatlarini qayta ko‘rib chiqdi va ikki oy ichida ishlarning ko‘p qismini onlayn tarzda bajarilishiga o‘tkazdi. Boshqa servislar bilan birgalikda OFB24, Apelsin, Humans.uz, Arba.uz va Beeline platformalarida Gross Insurance o‘z xizmatlaridan foydalanish va ular haqini to‘lash borasida yangi imkoniyatlarni yo‘lga qo‘ydi.

Bundan tashqari, GROSS MOBILE mobil ilovasi ishlab chiqilgan bo‘lib, uning yordamida ilovadan foydalanuvchilar avtomobilni, o‘z mol-mulkini, salomatligini yoki sayohatini onlayn tartibda sug‘urta qilishi mumkin. Shuningdek, ilova sug‘urta hodisasi yuz berganligi haqida onlayn-arizani ro‘yxatdan o‘tkazish va topshirish imkoniga ham ega, bu esa ofisga tashrif buyurmagan holda sug‘urta tovonini olish imkonini beradi. Ilovadan foydalanuvchilar 2% dan 10% gacha keshbek oladilar. Ilovani ushbu havola orqali yuklab olish mumkin.

Bozor talablari asosida yuqori darajadagi kadrlar potensialini shakllantirish va xodimlar bilimlari sifat darajasini oshirish  kompaniyaning ustuvor vazifalaridan biridir. Ana shu maqsadlarda Gross Insurance kompaniyasi 2020 yilda Team University, G. V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali, Toshkent shahridagi INXA Universiteti kabi nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Mazkur bitim talabalar uchun Gross Insurance kompaniyasida kelajakda ishga joylashtirish bilan amaliy mashg‘ulotlar va stajirovkalar o‘tish imkoniyatini beradi. Talabalarni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun kompaniya Team University abituriyentlari va Toshkent shahridagi INXA Universitetining 3-4-bosqich talabalari uchun grant dasturlarini ta'sis etdi.

Gross Insurance kompaniyasi ijtimoiy jihatdan mas'uliyatli biznes bo‘lgani holda turli xayriya tashkilotlariga muntazam ravishda homiylik yordamini ko‘rsatib kelmoqda. Masalan, kompaniya va uning sho‘'ba kompaniyasi bo‘lgan 𝗡𝗲𝘄 𝗟𝗶𝗳𝗲 𝗜𝗻𝘀𝘂𝗿𝗮𝗻𝗰𝗲 Saxiy Qahramon xayriya tashkiloti bilan birgalikda «Yaxshilik ko‘rsatishga shoshiling!» xayriya aksiyasi doirasida bemor bolalar uchun ko‘ngilli ravishda qon topshirishni tashkillashtirdi. Shuningdek, har ikkala kompaniya karantin paytida 𝗘𝘇𝗴𝘂 𝗔𝗺𝗮𝗹 fondiga ko‘ngillilar uchun 150 ta individual himoya jamlanmasini topshirdi.

Ushbu murakkab davrda odamlar nafaqat karantin kiritilishi bilan bog‘liq qiyinchiliklarga, balki tabiiy ofatlar bilan ham to‘qnash keldi. Gross Insurance kompaniyasi  sug‘urta qilingan obektlar bo‘yicha 1,5 mlrd so‘m miqdordagi to‘lovlardan tashqari, Buxoro viloyatida jabr ko‘rganlarga 135 mln so‘m miqdorda beg‘araz yordam ko‘rsatdi. Sirdaryo viloyatida kompaniya tez orada uylar tiklanishi va fuqarolarning normal hayotga qaytishlari uchun 3 mlrd so‘m miqdorda to‘lovlarni amalga oshirdi. Shuningdek Sirdaryoga kompaniya bolalar uchun kiyimlarning 358 ta jamlanmasini yubordi.

Gross Insurance kompaniyasi mijozlari uchun 1166 qisqa raqami bo‘yicha 24/7/365 ish tartibida dam olish kunlarisiz kun-u tun servis yordami nazarda tutilgan bo‘lib, bunda mijozlarga barcha sug‘urta masalalari bo‘yicha ko‘mak ko‘rsatiladi.

Bugungi kunda har birimizga o‘z majburiyatlarini doimo bajaradigan ishonchli sherik kerak bo‘lib, Gross Insurance O‘zbekiston sug‘urta bozorida birinchi raqamli sug‘urta kompaniyasi maqomiga ega bo‘lgan holda iste'molchilarning ishonchiga kirganligini to‘liq isbotladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top