08:18 / 17.11.2020
3463

Peruda bir hafta ichida ikkinchi prezident saylandi

Foto: AFP

Peru kongressi deputat-sentrist Fransisko Sagastini mamlakatning vaqtinchalik prezidenti etib sayladi. Bu mamlakatda o‘tgan hafta davom etgan norozilik namoyishlari va ikki prezidentning iste'foga chiqishidan keyin yuzaga kelgan murakkab siyosiy vaziyatni yumshatish maqsadida amalga oshirildi. 

“Morado” partiyasi vakili 76 yoshli Sagasti kongressga boshchilik qilish uchun yetarlicha ovoz to‘pladi. Konstitutsiyaga ko‘ra, 2021 yil aprelga belgilangan umummilliy saylovlargacha aynan u prezident lavozimini egallaydi.

Sagasti bir hafta ichida Peruning uchinchi prezidenti bo‘ladi. 15 noyabrda prezident lavozimini vaqtincha egallayotgan Manuel Merino prezidentlikka  qasamyod keltirgandan 5 kun o‘tib iste'foga chiqdi. Undan oldinroq esa Martin Viskarra poraxo‘rlikda ayblanib, prezident lavozimidan chetlatilgandi. Biroq Viskarra o‘tkazayotgan islohotlari sababli ko‘plab peruliklar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. 

Kuzatuvchilarning fikricha, Jahon bankining sobiq xodimi bo‘lgan Sagasti prezident lavozimida Peruda barqarorlikka erishish kabi jiddiy muammoga to‘qnash keladi. Hozirda Peru koronavirus pandemiyasidan jiddiy jabr ko‘rgan va 100 yil ichidagi eng yomon iqtisodiy holati tomon yaqinlashmoqda.

Top