08:30 / 17.11.2020
3649
Reklama

Seoul Mun: mustaqil ekspertlar Knight Frank kompaniyasi bahosi va loyihani rivojlantirish istiqbollari

Dunyoning yetakchi tijorat ko‘chmas mulk kompaniyasi Knight Frank Seoul Mun savdo va ko‘ngilochar markazining rentabelligi va investitsiya salohiyatini baholadi.

Dunyoning 7 mamlakati: BAA, Turkiya, Rossiya, Angliya, AQSh, Janubiy Koreya va O‘zbekistonning yetakchi mutaxassislaridan iborat yirik guruh Seoul Mun ulkan loyihasi ustida 2 yildan ortiq ishladi. Dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lgan Knight Frank mustaqil ekspert va tijorat ko‘chmas mulk sohasida konsalting bo‘yicha strategik sherik sifatida tanlandi.

Knight Frank dunyodagi yirik xalqaro konsalting kompaniyasi bo‘lib, 120 yildan ortiq vaqt davomida tijorat va turar joy ko‘chmas mulk bozorida xizmat ko‘rsatmoqda. Kompaniyaning dunyoda 60 mamlakat hududida 500 dan ortiq ofislari tarmog‘i mavjud.

Dream City Development va Knight Frank kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida marketing tadqiqotlari olib borildi.

Vargis Paulos Pulikakudil, Knight Frank yetakchi mutaxassisi:

«Loyihaning tijorat salohiyatini baholash uchun biz Toshkentda chakana savdo sektori o‘sishini rag‘batlantiruvchi asosiy omillarni ko‘rib chiqdik – bu iqtisodiy omillar, turizmni rivojlantirish va mavjud bozor ko‘rsatkichlari. Biz baholagan iqtisodiy omillarga YaIM va uning o‘sishi, aholi sonining o‘sishi va jon boshiga YaIM miqdori kiradi.

Toshkentdagi chakana savdo bozori kuchli asoslarga tayangan, ammo hozirgi holatga nazar tashlasak, bozordagi katta bo‘shliqni kuzatamiz. Toshkentdagi tijorat maydoniga bo‘lgan talablarini qondirish uchun 2025 yilga qadar 1,3 million kvadrat metr ijaraga beriladigan maydon kerak bo‘lishi kutilmoqda. Savdo maydonlarining hozirgi defitsiti taxminan 900 000 kvadrat metrga teng.

Seoul Mun Toshkent markazida anhor bo‘yidagi qulay joylashuvga ega. Unga yaqin atrofda savdo markazlari mavjud bo‘lishiga qaramay, Seoul Mun loyihasining konsepsiyasi, joylashuvi va Toshkentdagi savdo talablariga binoan ushbu maskan kunlik 11 000 yoki yiliga 4 million tashrif buyuruvchini jalb qiladi.

Bizning baholashimizga asoslanib, Toshkentda o‘sib borayotgan savdo sektoriga e'tibor qaratib, investorlar ushbu loyihada ishtirok etishlari kerak. Bu sarmoyalarning yuqori o‘sishidan foydalanishlari uchun ajoyib imkoniyatdir, deb ishonamiz».

Yagona ma'lumot markazi: +99871 202-22-22

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasi tomon yo‘l.

Sayt: seoulmun.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top