22:20 / 18.11.2020
5715

Iroq va Saudiya Arabistoni o‘rtasida 30 yil yopiq bo‘lgan chegara punkti ochildi

18 noyabrda Iroq va Saudiya Arabistoni 30 yillik tanaffusdan keyin Ar'ar shahri yaqinidagi chegara o‘tkazish punkti ishini tikladi. Bu haqda Bag‘dod chegara komissiyasi xabar qilgan. 

Foto: AFP

Iroq ichki ishlar vazirligining yuqori martabali vakillari va chegara komissiyasi rahbariyati o‘tkazish punktini tantanali ravishda ochish uchun Saudiya Arabistonining Ar'ar shahriga kelgan.   

Bu vaqtga kelib chegarada yuk mashinalaridan iborat navbat yuzaga kelgan.

Ar'ardagi o‘tkazish punkti Bag‘dod va Ar-Riyod Iroqning Kuvaytga bostirib kirishidan keyin 1990 yilda diplomatik aloqalarni uzgandan keyin yopilgan. U 30 yillik tanaffusdan keyin tovarlar olib o‘tish va odamlar harakatlanishi uchun ilk bor ochildi.

Top