11:56 / 19.11.2020
4136

O‘zbekiston Qirg‘izistonga 200 o‘ringa mo‘ljallangan tibbiyot konteynerlarini yubordi 

O‘zbekistondan yana bir gumanitar yuk ortilgan poyezd Qirg‘izistonga yuborildi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» axborot-tahliliy media markazi xabar berdi.

Foto: railway.uz

Qayd etilishicha, 200 o‘ringa mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan shifoxona konteynerlari qo‘shni davlat «Qizil-Qiya» temir yo‘l stansiyasiga yetib kelgan. 

«Ular yuqumli kasalliklar shifoxonasi qurilishiga yo‘naltirilgan. Yaqin kelajakda qardosh davlatga yana bir xil modulli inshootlarni yuborish rejalashtirilgan», - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu aksiya O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan birodar Qirg‘iziston xalqini qo‘llab-quvvatlash tadbiri doirasida tashkil etildi.

Avvalroq, O‘zbekiston Qirg‘izistonga 3 ming tonna bug‘doy yuborgandi

Top