14:29 / 19.11.2020
12875

Rossiya aviakompaniyalari O‘zbekistonga doimiy reyslarni tiklash huquqini oldi

Rossiya Federatsiyasi havo transporti federal agentligi yo‘lovchi va yuklarni tashish faoliyatini amalga oshiruvchi aviakompaniyalarga doimiy reyslarni tiklash uchun ruxsat berdi.

Foto: RIA Novosti

Agentlik buyrug‘ida aytilishicha, bunday ruxsatnoma Belarus, Isroil, Kipr, Livan, Marokash, Ummon, Slovakiya, Finlandiya, Xorvatiya, Kuba, Maldiv orollari, O‘zbekistonga yo‘lovchi va yuklarni tashish faoliyatini amalga oshiruvchi aviakompaniyalarga berildi.

Federal agentlik vakilining ta'kidlashicha, ushbu hujjat aviaqatnovlar tiklanganini anglatmaydi.

Qayd etilishicha, samolyotlar kelajakda Novosibirsk – Buxoro, Yekaterinburg – Buxoro, Krasnodar – Qarshi, Moskva – Navoiy, Sankt – Peterburg – Nukus, Yekaterinburg – Urganch va Sankt – Peterburg – Urganch yo‘nalishlarida parvoz qilishi mumkin.

Rossiya mart oxirlarida boshqa mamlakatlar bilan muntazam va charter aviaqatnovlarni to‘xtatgandi. Keyinroq cheklovlar bosqichma-bosqich olina boshlandi.

Mavzuga oid
Top