16:12 / 19.11.2020
16249

Xitoy “Besh ko‘z” razvedka alyansini “butunlay ko‘zsiz qoldirish” bilan tahdid qildi

Avvalroq Kanada, AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Yangi Zelandiya tashqi ishlar vazirliklari qo‘shma bayonot berib, Xitoyni Hongkongga nisbatan siyosatini o‘zgartirishga chaqirgandi.

Foto: Getty Images

“Besh ko‘z” razvedka alyansi qatnashchilari Xitoy manfaatlari va suverenitetiga tahdid qiladigan bo‘lsa, alyans “ko‘zsiz” qoladi. Xitoy TIV vakili Chjao Litszyan Kanada, AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Yangi Zelandiyaning Hongkongga nisbatan siyosatni o‘zgartirish to‘g‘risidagi talabini izohlar ekan, ana shunday bayonot berdi.

“Barcha eslatib o‘tilgan mamlakatlar “Besh ko‘z” razvedka alyansi a'zolari hisoblanadi. Xitoyga keladigan bo‘lsak, biz muammolardan qo‘rqmaymiz. Beshta ko‘zmi, o‘nta ko‘zmi – ahamiyati yo‘q, agar ular XXR suvereniteti, rivojlanish manfaatlari va xavfsizligiga zarar yetkazmoqchi bo‘lishsa, butunlay ko‘zsiz qolishadi”, – dedi u.

Avvalroq Kanada, AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Yangi Zelandiya tashqi ishlar vazirliklari qo‘shma bayonot berib, Xitoyni Hongkongga nisbatan siyosatini o‘zgartirishga chaqirgandi.

“Besh ko‘z” razvedka alyansi Kanada, AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Yangi Zelandiya razvedka xizmatlarini birlashtirgan ittifoq hisoblanadi.

Top