23:20 / 20.11.2020
8044

JSST rahbari hozirgi va pandemiya boshlangan paytdagi vaziyatni solishtirdi

Gebreyyesusning ta'kidlashicha, butun Yevropa va Shimoliy Amerikadagi shifoxonalar va intensiv davolash bo‘limlari bemorlar bilan to‘lmoqda yoki to‘lib bo‘ldi.

Foto: Go Nakamura / Getty Images

Oxirgi to‘rt hafta davomida dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirishlar soni pandemiyaning dastlabki oyidagi holatlar sonidan ko‘proq bo‘ldi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rahbari Tedros Adanom Gebreyyesus ma'lum qildi.

 «Butun Yevropa va Shimoliy Amerikadagi shifoxonalar va intensiv davolash bo‘limlari bemorlar bilan to‘lmoqda yoki to‘lib bo‘ldi», — deb ta'kidladi u.

 JSST rahbari «vaksina sinovlari to‘g‘risidagi pandemiya to‘xtashiga umid uyg‘otadigan yaxshi yangiliklar» bo‘layotganligiga e'tibor qaratdi. 

 Avvalroq Amerikaning Pfizer korporatsiyasi Germaniyaning BioNTech kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqayotgan vaksina 95 foiz samaradorlik ko‘rsatganligini ma'lum qilgandi. Kompaniyalar vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun AQSh oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalarini nazorat qilish boshqarmasiga (FDA) ariza berdi.

16 noyabrda Amerikadagi yana bir kompaniya – Moderna o‘zi ishlab chiqqan vaksina samaradorligini 95 foiz deb baholadi.

Gebreyyesus avvalroq pandemiyaga qarshi kurashda birgina vaksinatsiya yetarli emasligini aytgandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top