19:55 / 20.11.2020
5911

Xitoyda millionga yaqin odam koronavirusga qarshi emlangani ma'lum qilindi 

Xitoyda millionga yaqin odam Sinopharm kompaniyasining hali klinik sinovlardan o‘tkazilayotgan tajribaviy vaksinasi bilan emlandi. Bu haqda kompaniya rahbari Lyu Tszinchjenga tayanib South China Morning Post nashri xabar berdi. 

Foto: EPA

“Vaksina favqulodda qo‘llash rejimida taxminan million kishiga qo‘llandi. Bunda birorta jiddiy ikkilamchi ta'sir aniqlanmagan. Odamlarda faqat kuchsiz simptomlar kuzatilgan”, deb ma'lum qilgan Sinopharm rahbari. 

Bundan tashqari, Xitoyning Chjetszyan provinsiyasida Sinovac Biotec kompaniyasining vaksinasini yuqori xavf guruhidagi odamlarga qo‘llashga ruxsat berilgan. Biroq ushbu vaksina qancha odamda qo‘llangani ma'lum qilinmagan. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, hozirda Xitoyda koronavirusga qarshi 11ta vaksina klinik sinovlardan, jumladan 4ta vaksina sinovlarning yakuniy – 3-bosqichidan o‘tkazilmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top