17:02 / 23.11.2020
7888

O‘zbekistonga yog‘och va yog‘och mahsulotlari importi kamaydi

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 10 oyida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 471,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan yog‘och va yog‘och mahsulotlarini import qilgan.

Foto: Davlat statistika qo‘mitasi

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 37,7 mln AQSh dollariga kam.

O‘tgan 10 oy mobaynida import qilingan yog‘och va yog‘och mahsulotlarining eng katta ulushiga ega bo‘lgan davlatlar:

Rossiya – 433,7 mln;
Xitoy – 14,6 mln;
Turkiya – 5,2 mln;
Belarus – 3,5 mln;
Italiya – 2,7 mln AQSh dollari

Ma'lumot o‘rnida, bu yil O‘zbekiston 49ta xorijiy davlatlardan yog‘och va yog‘och mahsulotlarini import qilgan.

 

Mavzuga oid
Top