10:12 / 24.11.2020
19707

O‘zbekiston joriy yil qancha oltin import qilgani ma'lum qilindi

2020 yil yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston importining hajmi 16,7 milliard dollarni tashkil qilgan.

Foto: Mariya Gordeyeva / Reuters

2020 yilda O‘zbekiston eksportining 43,5 foiz ulushini oltin tashkil qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil yanvar-oktyabr oylari davomidagi tashqi savdo aylanmasi haqidagi ma'lumotida keltirilgan.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma'lumotiga ko‘ra, so‘nggi ikki oy davomida oltin eksport qilinmagan bo‘lsa-da, jami 13,3 milliard dollarni tashkil qilgan eksport hajmining 5,8 milliard dollar qismi oltin eksportiga tegishli. 2018 yilning shu davrida bu ko‘rsatkich eksportning 15,1 foiziga, 2019 yilda esa 28,1 foiziga teng bo‘lgandi.

Yanvar-oktyabr oylari bo‘yicha O‘zbekiston importining hajmi 16,7 milliard dollarni tashkil qilib, shundan 25,3 million dollar oltin importiga to‘g‘ri keladi.

Bu vaqt oralig‘idagi eksport hajmining eng katta qismini oltin egallagan bo‘lsa, importning 37,8 foiz ulushini mashinalar va transport asbob-uskunalari tashkil qilgan.

Mavzuga oid
Top