23:18 / 26.11.2020
6109

Boku Fransiya elchisiga norozilik notasi topshirdi

Fransiya Senati hukumatni Tog‘li Qorabog‘ Respublikasini tan olishga chaqiruvchi rezolyutsiya qabul qilgandi.

Foto: RIA Novosti

Fransiyaning Bokudagi elchisi Zakari Gross Ozarboyjon tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Unga Fransiya Senati Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha qabul qilgan rezolyutsiya tufayli norozilik notasi topshirildi.

"Fransiya elchisiga Senat rezolyutsiyasi xalqaro huquq, BMT nizomi, Helsinki yakuniy akti, BMT Xavfsizlik kengashining 1993 yildagi rezolyutsiyalariga zid ekanligi ma'lum qilindi", - deb xabar berdi Ozarboyjon TIV.

Qayd etilishicha, elchi Parijni Ozarboyjon tashqi ishlar vazirligi nuqtayi nazaridan xabardor qilishini aytgan.

Fransiya Senati chorshanba kuni hukumatni Tog‘li Qorabog‘ Respublikasini tan olishga chaqiruvchi rezolyutsiya qabul qilgandi.

Rezolyutsiyaga javoban Ozarboyjon parlamenti mamlakat hukumatini Fransiyani YeXHTning Minsk guruhidan chiqarib yuborish uchun ushbu tashkilotga murojaat qilishga chaqirdi.

Top