16:26 / 26.11.2020
4458

Ozarboyjon parlamenti Fransiyani YeXHTning Minsk guruhidan chiqarib yuborish masalasida hukumatga murojaat qildi

Ozarboyjon Milliy majlisi Parij bilan siyosiy va iqtisodiy munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan.

Foto: Anadolu Agency

Ozarboyjon parlamenti (Milliy majlis) mamlakat hukumatini Fransiyani YeXHTning Minsk guruhidan chiqarib yuborish uchun ushbu tashkilotga murojaat qilishga chaqirdi.

 Bu haqda Fransiya Senatining Tog‘li Qorabog‘ mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasiga javoban e'lon qilingan bayonotda aytilmoqda.

 Milliy majlis Fransiya Senatining ushbu rezolyutsiyasiga nisbatan norozilik bildirgan va Parij bilan siyosiy va iqtisodiy munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishga chaqirgan.

 Muhokamalar davomida qator deputatlar Ozarboyjonning Parijdagi elchisini chaqirib olish va Fransiya parlamentining yuqori palatasi bilan barcha munosabatlarni to‘xtatish taklifi bilan chiqdi.

 Eslatib o‘tamiz, 26 noyabr kuni Fransiya Senati Tog‘li Qorabog‘ning mustaqilligini tan olish to‘g‘risida rezolyutsiya qabul qilgandi.

Top