15:59 / 28.11.2020
2215

JSST mamlakatlarni koronavirusga qarshi testlar o‘tkazishni ko‘paytirishga chaqirdi

JSST vakilining so‘zlariga ko‘ra, tashkilot mamlakatlarning lokdaundan lokdaunga o‘tishlarini istamaydi.

Foto: Imago/Xinhua

Koronavirus yuqtirish holatlari kamayishi qayd etilayotgan mamlakatlar nazoratni susaytirmasligi lozim, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha rahbari Mariya van Kerhove.

 U barcha mamlakatlarni koronavirusga testlar o‘tkazishni ko‘paytirishga chaqirdi. Uning qayd etishicha, JSST mamlakatlarning lokdaundan lokdaunga o‘tishlarini istamaydi.

 Worldometers sayti ma'lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 61,63 milliondan ortiq holat qayd etilgan, bemorlarning 1,44 million nafardan ortig‘i vafot etgan.

 JSST shuningdek, koronavirusga qarshi vaksinalar ayrim mamlakatlar duch kelayotgan to‘lqinlarni pasaytirmasligini, qo‘shimcha choralar bilangina pandemiyani to‘xtatish mumkinligini qayd etmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top