20:01 / 28.11.2020
5366

Yevropa va AQShga Pfizer vaksinasini yetkazib berish boshlandi

Vaksina AQShning Michigan shtati va Belgiyadagi omborlarga yetkazilmoqda. Keyinroq Viskonsin shtati va Germaniyaga yetkazish rejalashtirilgan.

Foto: Picture Alliance

United Airlines aviakompaniyasi Pfizer kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasini AQSh va Yevropadagi omborlarga yetkazishni boshladi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda.

Nashrning ma'lumot berishicha, bu vaksina tegishli organlar tomonidan ma'qullanishi bilan aholini imkon boricha tezroq emlashni boshlash maqsadida qilinmoqda.

Qayd etilishicha, vaksina AQShning Michigan shtati va Belgiyadagi omborlarga yetkazilmoqda. Keyinroq Viskonsin shtati va Germaniyaga yetkazish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Pfizer va Biontech kompaniyalari 20 noyabrda AQShda koronavirusga qarshi vaksina ro‘yxatga olinishi uchun ariza bergandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top