15:47 / 30.11.2020
13065

O‘zbekiston hududiga iliq va biroz nam havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda

Bugun respublikaning barcha hududlarida deyarli iliq ob-havo kuzatilmoqda. Havo harorati 4-9 daraja iliq bo‘ladi. Bunday harorat noyabr oyi oxirining o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlariga yaqindir.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 1-3 dekabrda O‘zbekiston hududlariga Kaspiy dengizi hududidan iliq va biroz nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Aksar viloyatlarda havo bulutli bo‘lishi, respublikaning ayrim hududlarida (Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Surxondaryo viloyatlaridan tashqari) biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Havo harorati kechalari 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq, kunduz kunlari 5-10 daraja iliq atrofida, 2 dekabrda ba'zi joylarda 12 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning janubida shu kunlarda havo harorati 13-15 daraja iliq bo‘ladi.

4 dekabrda Qozog‘iston hududlari ustida antitsiklon kuchaya boshlaydi va shimoli-g‘arbiy oqimlar bilan sovuq havo O‘zbekiston hududlariga kirib keladi. Havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq bo‘ladi, bu me'yordan 3-5 darajaga pastdir. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ba'zi joylarida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

Top