Italiya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan so‘nggi ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi.
«Jyenoa» o‘z uyida «Parma» bilan bahs yuritib, imkoniyatni boy berdi va 5 ochko bilan 19-pog‘onada qoldi. Jyervinoning dubliga genuyaliklardan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov bir bor javob berdi. Bu – Eldorning A Seriyadagi ilk goli.
Ma'lumot uchun, Shomurodov gol urganiga qaramay, 69-daqiqada zaxiraga olindi.
Turning yana bir bahsida «Torino» Turinda «Sampdoriya» bilan jangovar durang qayd etdi.
A Seriya, 9-tur, 30 noyabr
Jyenoa – Parma 1:2
Gollar: Shomurodov (50) – Jyervino (10, 47).
Jyenoa – Paleari, Gilone (Pyatsa, 82), Goldaniga, Bani, Pellegrini, Lerager (Zayts, 69), Badel (Parijini, 81), Sturaro, Sapata, Shomurodov (Pandev, 69), Skamakka.
Parma – Sepe, Byusi (Yakoponi, 73), Brunu Alvesh, Osorio, Galolo (Lorini, 19), Kurtich, Kutska, Karamo (Grassi, 74), Skotssarella (Ernani, 63), Jyervino, Kornelius.
Torino – Sampdoriya 2:2
Gollar: Belotti (25), Meyte (77) – Kandreva (54), Kualyarella (63).
Torino – Sirigu, Bremer, Voynovich, Rodriges (Verdi, 70), Singo, Meyte, Rinkon, Linetti, Ansaldi (Murru, 71), Dzadza, Belotti.
Sampdoriya – Audero, Bereshinski, Ferrari, Yoshida (Tonelli, 46), Aujyello, Kandreva, Torsbyu, Ekdal (Adriyen Silva, 46), Yankto (Damsgor, 46), Verre (Gabbyadini, 46), Kualyarella (Ramires, 83).