10:59 / 01.12.2020
4211
Reklama

Alfraganus: savdo makoniga zamonaviy yondashuv

Alfraganus savdo-ko‘ngilochar mavzesi – bu biznes va dam olish uchun ko‘chmas mulkning yangi, keng ko‘lamli shaklidir.

118000 kvadrat metrlik ulkan hududda yangi formatdagi biznes va dam olishni yangi bosqichga olib chiqish uchun keng miqyosdagi maydon – Alfraganus savdo-ko‘ngilochar mavzesi barpo etilmoqda.

O‘ziga xos loyihada bir-birini to‘ldirib turadigan tijorat va dam olish maskanlari joylashadi. Ko‘p sonli ko‘chalar bo‘ylab puxta loyihalangan yuzlab bir va ikki qavatli binolar bunyod etiladi. Obektning street-retail (ko‘cha formati) Alfraganus'ga tashrif buyuruvchilarga uzoq sayr qilish, xaridlar va toza havoda hordiq chiqarish imkoniyatini beradi.

Bu yerdagi barcha infratuzilma ko‘p sonli tashrif buyuruvchilar uchun qulaylik yaratadi. Savdo mavzesi 8 ta funksional tematik zonaga bo‘lingan. Bu esa navbat kutish va odamlar tirbandligini kamaytiradi hamda sayr qilish uchun keng makon bo‘lishini ta'minlaydi.

Alfraganus'da tadbirkorlar biznes qilishlari uchun binolarni keng tanlovi mavjud. Muayyan biznes turining ko‘lami va o‘ziga xos xususiyatlariga qarab, bu yerda siz o‘zingizga mos hudud maydoni, shift balandligi, pol, oyna yo vitrinali, ochiq terrasali va boshqa ko‘p texnik talablarga javob beradigan joyni tanlashingiz mumkin. Loyihaning o‘ziga xos me'moriy konsepsiyasi sabab siz kamida 10 ta fasad dizayni variantlarini tanlashingiz mumkin.

Yangi loyihaning katta afzalligi uning qulay joylashuvi va hududga qulay kirish yo‘llari mavjudligidir. Hudud atrofida avtoturargohlarning bunyod etilishi tashrif buyuruvchilarga avtomashinani to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘ziga kerakli maydonga yaqin joyda qoldirish imkonini beradi. Ko‘p qavatli avtoturargoh esa obektga kirish va chiqish joylarida vujudga keladigan tirbandlikdan, avtomobillar uchun bo‘sh joy qidirishdan xalos etadi.

Ko‘plab kafe va restoranlar, qahvaxona va novvoyxonalar, oziq-ovqat, kiyimlar, maishiy texnika, kosmetika, parfyumeriya, gullar do‘konlari, shou-rumlar, avtomobil do‘konlari, spa va go‘zallik salonlari, xizmat ko‘rsatish maskanlari, kinoteatrlar, ko‘p formatli ko‘ngilochar zonalar va boshqa ko‘plab narsalar tashrif buyuruvchilar va bino egalari uchun har qanday turdagi biznesni amalga oshirishda katta qulaylik hamda imkoniyatlar yaratadi.

Alfraganus savdo mavzesi – bu O‘zbekistondagi savdo va ko‘ngilochar makonlarni rivojlanishining yangi bosqichi!

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +99871-210-44-44

Sayt: bizninguylar.uz

Telegram: t.me/alfraganus_tashkent

Facebook: fb.com/alfraganus.tashkent

Instagram: @alfraganus.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top