10:45 / 01.12.2020
20217

Ichki ishlar vaziri yangi lavozim tayinlovlarini amalga oshirdi 

Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Hamid Rahimjonovich Zokirov

Podpolkovnik Hamid Rahimjonovich Zokirov Toshkent viloyati IIBB Moliya va moddiy-texnika ta'minoti boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

X.Zokirov tayinlovga qadar Toshkent viloyati IIBB Moliya va moddiy –texnika ta'minoti boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - moddiy-texnika va xo‘jalik xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Sohibjon Zikrillayevich Norov

Podpolkovnik Sohibjon Zikrillayevich Norov Toshkent viloyati IIBB boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

S.Norov tayinlovga qadar Toshkent viloyati IIBBda mas'ul lavozimda faoliyat yuritgan.

Tolibjon G‘ofurovich Azimov

Podpolkovnik Tolibjon G‘ofurovich Azimov Toshkent viloyati IIBB Moliya va moddiy-texnika ta'minoti boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – moddiy-texnika va xo‘jalik xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

T.Azimov tayinlovga qadar IIV tizimida mas'ul lavozimda faoliyat yuritgan.

Botir Ismoilovich Qayumov

Mayor Botir Ismoilovich Qayumov Quyi Chirchiq tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

B.Qayumov tayinlovga qadar Ohangaron tumani IIB Jinoyat qidiruv bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Valijon Anorqulovich Xudoyqulov

Podpolkovnik Valijon Anorqulovich Xudoyqulov Oqqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

V.Xudoyqulov tayinlovga qadar Oqqo‘rg‘on tumani IIB Jinoyat qidiruv bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Narzulla Bekmurzayevich Sultonov

Podpolkovnik Narzulla Bekmurzayevich Sultonov Bekobod tumani IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

N.Sultonov tayinlovga qadar Bekobod tumani IIB Jinoyat qidiruv bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Mavzuga oid
Top