12:30 / 01.12.2020
9084
Reklama

Mobiuz mobil aloqa bozorida 6 yillik faoliyatini nishonlamoqda

Mobiuz o‘zining tug‘ilgan kuni munosabati bilan abonentlar uchun ko‘plab xushxabarlar tayyorladi.

2014 yilning 1 dekabrida Mobiuz uyali aloqa operatori («UMS» MChJ) ofislari eshiklari ilk mijozlar uchun ochilgandi. Bozorga kirib kelgan kompaniya noyob V&D tariflarini (bir vaqtning o‘zida daqiqalar, MB va SMS to‘plamlarini o‘z ichiga olgan) hamda qulay xizmatlarni taqdim etdi. Shu kuni operatorga 19 281 ta abonent ulandi.

Mobiuz jamoasi 6 yil davomida mijozlarga dolzarb va talablarga mos mahsulot va xizmatlarni taqdim etishga intilib kelmoqda. Bunday mahsulotlar qatorida – «Mobi» tariflar turkumi, «Eksklyuziv» tarifi, "Mutlaqo cheksiz" aksiyasi, Internet uchun arzonlashtirilgan narxlar, "Super 0" xizmati va boshqalardir. Shuningdek, har yili kompaniya abonentlariga moliyaviy ahvollarini sezilarli darajada yaxshilash imkoniyatini yaratib, turli xil qimmatbaho sovg‘alarni yutib olish imkoniyatini berib kelmoqda.

Mobil aloqa operatori texnik rivojlanishga ham alohida e'tibor berib kelmoqda. Xususan, 2016 yilda Toshkent shahri hududi 4G LTE tarmog‘i bilan qoplandi, 2017 yilda ushbu tarmoq Samarqand shahrida, 2019 yildan esa barcha viloyat va tuman markazlarida, yirik shaharlarda va bir qator qishloqlarda ishga tushirildi. Joriy yilning 11 oyi ichida respublika bo‘ylab 1300 dan ortiq tayanch stansiyalari ishga tushirildi.

So‘nggi bir yarim yil ichida Mobiuz billing tizimi ham to‘liq yangilandi. Bu abonentlar va mijozlar uchun yangi xizmatlarni joriy etishga imkon berdi. Xususan, bu oylik to‘lovni moslashuvchan (oyning 1-sanasiga bog‘lamagan) tarzda yechib olish, narxlash tizimini takomillashtirish, balansni faqat so‘mda aks ettirilishi, tarif o‘zgarganda to‘plamlar qoldiqlarining o‘tishi va boshqa jihatlarga taalluqlidir.

Mobiuz mobil operatori o‘zining oltinchi tug‘ilgan kunini 3,7 milliondan ko‘proq faol abonentlar bilan nishonlamoqda va bayram munosabati bilan ularga ko‘plab syurprizlarni taqdim etmoqda.

Xususan, 1 dekabrdan boshlab Mobiuz'ning “Omad Plyus”, Mobi 20, 30, 40, 50, “Gap Yo‘q”, shuningdek "Mobi 50 Yillik" tarif rejalarida megabaytlar hajmi oshirilmoqda. Yangi va amaldagi abonentlar endi yanada ko‘proq mobil Internetga ega bo‘lmoqdalar:

  • “Omad Plyus” – oyiga 12 ming so‘mga 500 MB, 400 daqiqa va 400 ta SMS;
  • “Mobi 20” – 20 ming so‘mga 2 000 MB, 500 daqiqa va 500 ta SMS;
  • “Mobi 30” – 30 ming so‘mga 5 000 MB, 1 000 daqiqa, 1 000 ta SMS;
  • “Gap Yo‘q” – 35 ming so‘mga 10 000 MB;
  • “Mobi 40” – 40 ming so‘mga 8 000 MB, 12 000 daqiqa, 1 200 ta SMS;
  • “Mobi 50” – 50 ming so‘mga 10 000 MB, tarmoq ichida cheksiz suhbat, 1 500 daqiqa, 1 500 ta SMS 50 ming so‘mga;
  • “Mobi 50 Yillik” – yiliga 500 ming so‘mga har oy 10 000 MB, tarmoq ichida cheksiz suhbat, 1 500 daqiqa, 1 500 ta SMS.

Avvalroq Mobi 70, 90, 110, 150 tarif rejalari, ularning yillik ko‘rinishlari, shuningdek “Gap Yo‘q Pro” tariflarida ham 2021 yilning 31 martigacha Internet-trafik hajmlari keskin oshirilgandi. Tariflardagi barcha o‘zgarishlar maxsus aksiya doirasida amal qilmoqda.

Bundan tashqari, 1 dekabrdan boshlab Mobiuz yangi «Yengil» tarif rejasini ishga tushirmoqda. Oyiga atigi 8 ming so‘m abonent to‘loviga abonentlarga 80 daqiqa, MB va SMS dan taqdim etiladi. Shu bilan birga, tarifda qo‘ng‘iroqlarning bir daqiqasi, limitdan oshgan bir MB yoki bitta SMS ham 8 so‘mdan narxlanadi. Masalan, hatto biron bir Internet-to‘plam yoki xizmat yoqmasdan 1 000 MB sarflanganda 8 000 so‘mga tushadi.

Kompaniyaning tug‘ilgan kuni arafasida Internet narxlariga ham muhim o‘zgarishlar kiritildi. Xususan, kelgusi yilning 31 martigacha Mobiuz oylik Internet-to‘plamlar va avtomatik belgilanadigan OnNet-to‘plamlar narxlarini ancha pasaytirdi. Misol uchun, 50 000 MB hajmdagi eng katta to‘plam narxi hozir 75 ming so‘mni tashkil qiladi.

Mobiuz o‘zining 6 yilligida barcha abonentlariga, mijozlariga, tijorat va biznes sheriklariga yaqin hamkorlik va ishonch uchun minnatdorlik bildiradi. Kompaniya o‘zining uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini amalga oshirishni, yoqimli yangiliklar va foydali xizmatlarni taqdim etishni davom ettiradi. Xususan, yil oxiriga qadar operator o‘z vaqtida e'lon qilinadigan yana bir nechta aksiyalarni ishga tushiradi.

Texnik rivojlanish borasida ham yangiliklar oldinda. Kompaniya hozirgi paytda Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan Mobiuz uchun ajratilgan imtiyozli kreditni o‘zlashtirishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Natijada yangi texnik obektlar ishga tushirish ishlari sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tariladi.

Operatorning barcha yangiliklaridan xabardor bo‘lish uchun kompaniyaning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top