18:32 / 01.12.2020
3733

Namanganda avtomobil o‘rindiqlari ostidagi pirotexnika vositalari fosh etildi

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari bilan hamkorlikda Yangiqo‘rg‘on tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.J. boshqaruvidagi «Vaz-2103» rusumli avtomashina to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada ushbu avtomashina salonining o‘rindiqlari ostiga yashirilgan, umumiy qiymati 32 million so‘mlik 31 260 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

«Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda», – deyiladi bojxona qo‘mitasi xabarida.

Top