18:57 / 02.12.2020
6738

JSST pandemiya davrida niqob taqish bo‘yicha yangi tavsiyanoma chiqardi

Tashkilot niqobdan foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni iyun boshlarida yangilagandi. O‘shanda tibbiyot muassasalarining barcha xodimlaridan niqob taqish talab qilingandi.

Foto: Pierre Crom / Getty Images

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus tarqalishi sharoitida niqobdan foydalanish bo‘yicha yangilangan yo‘riqnomani chop etdi. Unda aytilishicha, ijtimoiy masofaga rioya qilishning imkoni bo‘lmasa, binolar tashqarisida ham niqob taqish lozim.

 Shuningdek, yetarlicha darajada shamollatilmaydigan xonalarda ham niqob taqish zarur. Yo‘riqnomada aytilishicha, bu qoidalar kattalar va yoshi 12dan yuqori bo‘lgan bolalarga taalluqli.

JSST besh yoshgacha bo‘lgan bolalarga niqob taqishni tavsiya etmayapti. 6 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar esa epidemiologik holatdan kelib chiqqan holda niqob taqishlari mumkin.

Tashkilot niqobdan foydalanish bo‘yicha tavsiyalarni iyun boshlarida yangilagandi. O‘shanda tibbiyot muassasalarining barcha xodimlaridan niqob taqish talab qilingandi.

Bungacha esa, JSST faqat koronavirusga chalingan bemorlargina niqob taqishi kerak deb ta'kidlab kelgandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top