14:22 / 03.12.2020
24538

Uzcard kartalari orqali bankomatlardan pul yechib olishda muammolar kuzatilishi mumkin

«Yagona umumrespublika protsessing markazi» mas'uliyati cheklangan jamiyati Uzcard tizimida olib borilayotgan texnik ishlar tufayli bankomatlardan pul yechib olishda vaqtinchalik muammolar kuzatilishi mumkinligini ma'lum qildi. 

Kompaniya to‘liq modernizatsiya ishlari yakunlangunga qadar bankomatlardagi xizmatlardan foydalanmay turishni tavsiya qilmoqda.

Shuningdek, kompaniya yaqin vaqtlar ichida bankomatlarning ish faoliyati tiklanishi va bu haqda rasman xabar berilishini ma'lum qildi.

Top