22:32 / 04.12.2020
15063

Koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqqan kompaniya asoschisi milliarderlar ro‘yxatiga kirdi

Koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqqan BioNTech biotexnologik kompaniyasi asoschisi Ugur Shaxin dunyoning eng boy 500 odami ro‘yxatiga kiritildi. Bunga BioNTech aksiyalarining keskin qimmatlashgani sabab bo‘ldi.

Foto: AFP

Bloomberg axborot agentligining xabar berishicha, Shaxin 5,1 mlrd dollar bilan ro‘yxatning 493-o‘rnidan joy oldi. Uning aktivlari qiymati Britaniya BioNTech AQShning Pfizer kompaniyasi bilan ishlab chiqqan vaksinani qo‘llashni ma'qullagandan keyin keskin oshib ketgan. 

Umuman olganda, BioNTech aksiyalari narxi bir yil ichida 250 foizga oshgan.

Kelib chiqishi turkiyalik bo‘lgan Ugur Shaxin BioNTech’ga milliarderlar Tomas va Andreas Shtruyengmannlar ko‘magida asos solgan. Shaxinning rafiqasi O‘zlem Turechi hozirda BioNTech’da bosh shifokor va immunolog bo‘lib ishlaydi. Shaxin kompaniyaning 18 foiz aksiyasiga ega.

Nemis kompaniyasining 50 foizga yaqin aksiyasi aka-uka Shtruyengmannlarga tegishli.  

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top