00:01 / 05.12.2020
12477

Dunyoning 2020 yildagi eng yaxshi biznesmeni ma'lum qilindi  

Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask 2020 yilning eng yaxshi biznesmeni deb topildi. Mask Fortune nashrining bu boradagi har yillik reytingida 1-o‘rinni egalladi.

Foto: EPA

“49 yoshli Mask Silikon vodiysidagi elektromobillar ishlab chiqaruvchi kichik kompaniyani dunyodagi yetakchi avtomobilsozlik kompaniyasiga aylantira oldi. Uning SpaceX aerokoinot kompaniyasi esa 2011 yildan beri birinchi marta amerikaliklarni orbitaga qaytardi”, deb izoh berilgan nashrda.

Nashr Maskning tadbirkor sifatidagi bosh jihati yirik global bozorlar - avtomobil, aerokoinot va texnologik bozorlarda o‘yin qoidalarini o‘zgartira olishi ekanini aytgan. 

“Tesla’ning S&P 500 birja indeksiga kiritilishi Maskni dunyodagi ikkinchi raqamli eng boy odamga aylantirdi”, deb xulosa yasagan nashr o‘z qaroriga.

Fortune reytingining yetakchi beshligiga Maskdan tashqari, protsessorlar ishlab chiqaruvchi AMD kompaniyasi rahbari Liza Su, Nvidia kompaniyasi boshqaruv raisi Jyensen Xuang, Netflix rahbari Rid Xastings va Fortescue Metals Group metallurgik kompaniyasi rahbari Elizabet Geyns ham kiritilgan.

Mavzuga oid
Top