19:21 / 05.12.2020
5926

Maydonda «yulduzlar»: Toshkentda «Chempionlar Kubogi» xayriya tadbiri bo‘lib o‘tdi

5 dekabr kuni Toshkent shahar hokimligi va O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi «Chempionlar Kubogi» xayriya turnirini o‘tkazdi. “Yunusobod” sport majmuasida o‘tkazilgan tadbir davomida o‘smirlar orasida mahallalararo turnir finali va Toshkent shahar jamoasi - O‘zbekiston jamoasi ko‘rgazmali bahsi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent jamoasi tarkibida Ravshan Ermatov, Server Jeparov, Azamat Abduraimov, Mirjalol Qosimov, Murod Aliyev, O‘zbekiston jamoasi tarkibida esa Rustam Zabirov, Farhod Magomedov, Ilhom Sharipov va boshqa yulduzlar to‘p tepdilar.

Tadbir yakunida Toshkent shahar hokimligi vakillari Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan yosh sportchilarga sovg‘alar, jumladan, sport anjomlarini topshirdilar.

Quyida xayriya maqsadida o‘tkazilgan ushbu “yulduzli” shou-tadbirning yorqin onlari muhrlangan fotosuratlarni e'tiboringizga havola etamiz.

adcEBooXwndIR8nI9or8HfVivv2siKoj.jpg (1280×837)

 

 

Suratlar muallifi Muhammadjon G‘aniyev

Top