23:34 / 06.12.2020
16249

Koronavirusning antitanalardan “qo‘rqmaydigan” ilk mutatsiyasi aniqlandi

Olimlar koronavirusning antitanalarni tanib, ularga qarshilik ko‘rsata oluvchi birinchi mutatsiyasini aniqlashdi. Bu haqda Nature nashrida ma'lum qilindi.

AQShning Fred Xatchinson onkologiya markazi tadqiqotchilari koronavirusning unga qarshi ishlab chiqilgan uchta antitananing barchasidan niqoblovchi mutatsiyasini aniqlashdi. Bu mutatsiya Niderlandiya va Daniyada tarqalmoqda. U ushbu davlatlardagi qorako‘zanlar va ular yetishtiriluvchi fermalar ishchilarida aniqlangan. 

Bundan tashqari, virusning laboratoriyada ishlab chiqilgan va bemorlarga maxsus davolash doirasida kiritiluvchi uchta antitananing bittasidan qochuvchi mutatsiyalari ham aniqlangan.   

AQShdagi Jorj Meyson universitetining tizimli biologiya maktabi professori Ancha Baranovaning ta'kidlashicha, eng yomoni pandemiya boshida koronavirusning original versiyasiga chalingan odamlar qon zardoblaridan olingan antitanalarning virusning yangi mutatsiyalagan turini bartaraf eta olmasligi hisoblanadi. 

Top