16:20 / 07.12.2020
8436

Financial Times 2020 yilning eng katta ta'sirga ega ayollari reytingini e'lon qildi. Undan barcha ishlayotgan onalar ham joy oldi

Reytingning eng yuqorisiga koronavirus tahdidiga tezkorlik bilan javob qaytargan Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern joylashdi. 

Foto: Financial Times

 Finencial Times nashri 2020 yilning eng katta ta'sirga ega ayollari ro‘yxatini e'lon qildi.

Ro‘yxatga 12 ayol kiritildi. Nashrning qayd etishicha, ularning barchasi inqirozga qarshi kurashgan va davrning muhim muammolariga e'tibor qaratgan. 

 Reytingning eng yuqorisiga koronavirus tahdidiga tezkorlik bilan javob qaytargan Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern joylashdi. 

 Keyingi o‘rindan koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqqan Biontech kompaniyasi olimasi O‘zlem Turchi joy oldi. 

 Ulardan keyingi pog‘onalarda AQSh vitse-prezidenti bo‘ladigan Kamala Harris, Belarus muxolifatchisi Svetlana Tixanovskaya va Jorjiya shtatida demokratlarning saylov kampaniyasini muvaffaqiyatli o‘tkazgan amerikalik siyosatchi Steysi Abrams turibdi.

Ro‘yxatdan shuningdek, ishlayotgan onalar ham joy oldi. Bu ma'lum bir ayol emas, balki karantin sharoitida ham ishlashda davom etayotgan barcha onalardir.

Nashr Tayvan prezidenti Tsai Ing Ven, Germaniya kansleri Angela Merkel, AQSh oliy sudi sudyasi Rut Ginzburg, amerikalik siyosatchi Aleksandra Okasio-Kortes, Hindiston sog‘liqni saqlash vaziri K.K. Shaylay va amerikalik qo‘shiqchi Teylor Sviftni ham eng katta ta'sirga ega ayollar sifatida qayd etgan.

Mavzuga oid
Top