17:47 / 10.12.2020
19458

2021 yil 1 yanvardan jamoat transportida to‘lov uslubi o‘zgarishi mumkin

Foto: Toshshahartransxizmat axborot xizmati

2021 yil yanvar oyidan boshlab Toshkent shahrida jamoat transportlaridan foydalanganda naqd pul orqali to‘lov qilish tizimini bekor qilish rejalashtirilmoqda. 

"Toshshahartransxizmat" AJ axborot xizmati tomonidan e'lon qilingan ma'lumotda aytilishicha, naqd pul o‘rnini yagona transport kartasi egallaydi.

Shuningdek, qog‘oz shaklidagi oylik yo‘l chiptalari ham bekor qilinadi. Alohida imtiyozga ega shaxslar, talabalar va o‘quvchilar uchun xuddi shu ko‘rinishdagi kartalar joriy etiladi.

Avvalroq, Toshkentda yo‘lovchilar eng ko‘p va eng kam foydalangan avtobus yo‘nalishlari aytilgandi

Top