14:21 / 11.12.2020
8726

Davlat tashqi qarzi 18,5 mlrd dollarga yetdi – Moliya vazirligi

Joriy yilning dastlabki 9 oyida davlat tashqi qarzi 2,8 mlrd. dollarga yoki yil boshiga nisbatan 18,0 foizga oshgan.

Foto: Shutterstock

Moliya vazirligi 2020 yilning III choragi bo‘yicha O‘zbekiston davlat qarzi holati va dinamikasi sharhini e'lon qildi.

Unga ko‘ra, 2020 yil 1 oktyabr holatiga, O‘zbekiston nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldig‘i dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 20,8 mlrd. dollar ekvivalentini yoki yalpi ichki mahsulot (YaIM)ga nisbatan 36,8 foizni tashkil etdi.

Xususan, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yilning dastlabki 9 oyida davlat tashqi qarzi 2,8 mlrd. dollarga yoki yil boshiga nisbatan 18,0 foizga oshib, joriy yilning 1 oktyabr holatiga 18,5 mlrd. dollarga yoki YaIMga nisbatan 32,8 foizga yetdi.

Shundan:

hukumat nomidan jalb qilingan tashqi qarz – 12,7 mlrd. dollar;

hukumat kafolatlagan tashqi qarz – 5,8 mlrd. dollar.

Davlat ichki qarzi, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 23,6 trln. so‘mni (2,3 mlrd. dollar) yoki YaIMga nisbatan 4,0 foizni tashkil etdi.

Shundan:

hukumat nomidan jalb qilingan ichki qarz – 4,7 trln. so‘m (0,4 mlrd. dollar);

hukumat kafolatlagan ichki qarz – 18,9 trln. so‘m (1,9 mlrd. dollar).

Top