16:28 / 11.12.2020
2900

Davlat tashqi qarziga xizmat ko‘rsatish jami xarajatlari 765,9 mln dollarni tashkil etdi

Foto: Shutterstock

Moliya vazirligi 2020 yilning III choragida O‘zbekiston Respublikasining davlat qarzi holati va dinamikasi sharhini e'lon qildi.

Unga ko‘ra, 2020 yilning uchinchi choragida davlat tashqi qarziga xizmat ko‘rsatish jami xarajatlari (davlat budjeti va davlat korxonalari mablag‘laridan) 765,9 mln. dollarni tashkil etdi.

Shundan:

  • asosiy qarz to‘lovlari – 458.2 mln. dollar;
  • foiz to‘lovlari - 307,7 mln. dollar.

Mazkur davrda davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan davlat tashqi qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlari 209,8 mln. dollarni tashkil etdi.

Shundan:

  • asosiy qarz to‘lovlari – 140,1 mln. dollar;
  • foiz to‘lovlari – 69,7 mln. dollar.
Top