08:07 / 14.12.2020
31312

Fotogalereya: Prezident va hukumat a'zolari – Xorazmda

11–12 dekabr kunlari prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatining Xonqa va Yangiariq tumanlari hamda Urganch shahrida bo‘lib qaytdi. Kun.uz fotomuxbiri tashrif jarayonlaridan fotogalereya taqdim etdi.

Shavkat Mirziyoyev dastlab Xonqadagi innovatsion issiqxonani borib ko‘rdi. Bunday texnologiyaga ega issiqxonalar dunyoda 200 gektar atrofida bo‘lib, shuning 7 gektari O‘zbekistonda. Kun.uz ushbu issiqxona haqida reportaj e'lon qildi.

 

Yangiariq tumaniga ham borgan prezident bu yerda «Yantex Invest» MChJ faoliyati bilan tanishdi. Korxona yiliga 12 mln pogono metr gazlama va 600 ming komplekt choyshab ishlab chiqarish, 6 mln dollarlik eksport qilish salohiyatiga ega.

Shundan so‘ng Mirziyoyev Urganchdagi texnoparkda bo‘ldi. Bu yerda kiyim-kechak va metall mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Majmua to‘liq ishga tushgach, 5,8 mln dollarlik eksport qilinishi mo‘ljallangan.

Shuningdek, davlat rahbari shahardagi «UzXCMG» qo‘shma korxonasi bilan tanishdi. Qishloq xo‘jaligi texnikalari ishlab chiqarilayotgan zavodga Xitoydan 4,3 mln dollarlik yig‘uv liniyasi va uskunalar olib kelingan.

Tashrifning ikkinchi kunida Shavkat Mirziyoyev Urganchda hukumat rasmiylari va viloyat faollari bilan muloqot qildi. Shu kuni shaharning Xonqa ko‘chasida qurilayotgan 4ta 9 qavatli uylarni borib ko‘rdi.

Mavzuga doir:

Top