18:45 / 14.12.2020
11631

Samarqand tumanida o‘zboshimchalik bilan qurilgan uylar sababli davlatga 55,9 mlrd so‘m zarar yetkazilgan

Samarqand tumanida 161 gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, noqonuniy ravishda uy-joylar qurilganligi va davlat manfaatlariga 55,9 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan. Holati bo‘yicha hozir «Yermulkkadastr» DUK tuman bo‘limi mansabdor shaxslari va boshqalar tergov qilinmoqda.

Foto: propozitsiya.com

Qishloq xo‘jaligiga tegishli yer-suv resurslaridan samarali foydalanish bo‘yicha Samarqand viloyat prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda noqonuniy qarorlarini bekor qilish va qonunga muvofiqlashtirish borasida 164 ta protest keltirilgan.

Samarqand viloyat prokuraturasi axborot xizmatining Kun.uz’ga taqdim etgan ma'lumotiga ko‘ra, mazkur o‘rganishlar mobaynida 60 nafar shaxs ma'muriy hamda intizomiy javobgarlikka tortilib, 68 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 285 nafar mansabdor shaxslar qonunning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirilgan.

Misol uchun, Samarqand tumanidagi qishloq xo‘jaligida foydalanilgan yerlarning 161 gektari o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, noqonuniy ravishda uy-joylar qurilganligi va davlat manfaatlariga 55,9 mlrd so‘mlik zarar yetkazilganligi holati bo‘yicha hozirda «Yermulkkadastr» DUK tuman bo‘limi mansabdor shaxslari va boshqalar tergov oldida javob bermoqda.

Bundan tashqari, Payariq tuman Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i 92 ta fermer xo‘jaliklarining 597 gektar yer maydonlarida daraxtzorlar barpo etilishini oldini olish choralarini ko‘rmaganligi, hujjatlar soxtalashtirilib, suvli yer maydonlariga g‘alla ekilmaganligi oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga 2,4 mlrd so‘mlik iqtisodiy zarar yetkazilgan.

Mavzuga oid
Top