08:38 / 15.12.2020
23952

Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi

Bekzod Toshpo‘latov Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat DSB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Bekzod Toshpo‘latov 1983 yilda Jizzax shahrida tug‘ilgan. U mazkur tayinlovga qadar Jizzax viloyat DSB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, prezident qarori bilan Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Yunusjon Nasimjonov Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Top