18:05 / 15.12.2020
3215

Shvetsiya bosh vaziri mamlakat hukumati koronavirus xatarini yetarlicha baholamaganini tan oldi

Shvetsiyada 320 mingdan ortiq kishi koronavirus yuqtirgan, 7,5 mingdan ortiq bemor vafot etgan o‘lim darajasi qo‘shni Norvegiya, Finlandiya va Daniyadagi nisbatan ancha yuqori bo‘lgan.

Stefan Lyoven / Foto: Henrik Montgomery / TT via AP

Shvetsiya sog‘liqni saqlash organlari koronavirus to‘lqinining mamlakat uchun xatarini yetarlicha baholamagan, dedi Shvetsiya bosh vaziri Stefan Lyoven.

“Aksariyat mutaxassislar virusning yangi to‘lqinini ko‘rmagan, ular faqat ayrim kasallik o‘choqlari to‘g‘risida gapirishgan deb o‘ylayman”, — deya Lyovenning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Associated Press agentligi.

 Shvetsiya hukumati pandemiya  boshlanganidan buyon koronavirusga nisbatan o‘z pozitsiyasida turdi va qat'iy cheklov choralari joriy etmadi.

 Mamlakatda 320 mingdan ortiq kishi koronavirus yuqtirgan, 7,5 mingdan ortiq bemor vafot etgan O‘lim darajasi qo‘shni Norvegiya, Finlandiya va Daniyadagiga nisbatan ancha yuqori bo‘lgan.

Shvetsiya statistika agentligining ma'lumot berishicha, mamlakatda noyabr oyida barcha sabablar oqibatida 8088 ta o‘lim yuz bergan. AP’ning qayd etishicha, bu Shvetsiya uchun 1918 yildagi “ispanka” grippi epidemiyasidan buyon eng yuqori o‘lim ko‘rsatkichidir.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top