14:15 / 16.12.2020
9029

Vazir o‘rinbosari konsert dasturlari faoliyati qachondan tiklanishi bo‘yicha ma'lumot berdi

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Jamol Nosirov O‘zbekistonda konsert dasturlari faoliyati qachondan tiklanishi mumkinligi haqida gapirdi.

Foto: Madaniyat vazirligi

«Turli ko‘ngilochar tomosha va konsert dasturlarini nafaqat xalqimiz, balki san'atkorlarning o‘zi ham sog‘ingan. Lekin bir narsani to‘g‘ri tushunishimiz kerakki, hali pandemiya tugagani yo‘q. 

Biz hozir bu jarayonni qanday tashkil qilish haqida o‘ylanyapmiz. Chunki konsert dasturlariga odamlarning kelishi, chipta xarid qilish uchun navbatda turishi degan jarayonlar bor. Bu borada barcha xulosalarni qilganimizdan keyin eng qulay yechimni maxsus komissiyaga taqdim etamiz.

Xudo xohlasa maxsus komissiya ruxsat berishi bilan biz konsertlar faoliyatini tiklaymiz», – deya Jamol Nosirov so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Top