09:33 / 17.12.2020
6981

Tijorat banklarida dollar kursi 10 500 so‘mga chiqdi

O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 17 dekabr, payshanba kuni ertalab dollar kursi ko‘tarildi.

Foto: Getty Images

Bir qator banklarda dollar olish 10 420 - 10 450 so‘mdan, sotish 10 500 so‘mdan taklif etilmoqda. So‘nggi marta banklarda dollar kursi noyabr oyida jiddiy ko‘tarilgandi (olish - 10 390 so‘m, sotish - 10 430 so‘m).

Avvalroq, Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qilgandi. Ushbu almashuv kurslari 15 dekabr kunidan kuchga kirdi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 20,05 so‘mga oshgan va bir dollar 10 463,12 so‘mni tashkil qildi.

Top