23:43 / 17.12.2020
7220

Trampning muxlislariga uning bolaligi o‘tgan 3 million dollarlik uyni sovg‘a qilish taklif etildi

Nyu-Yorkda AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampning bolaligi o‘tgan uyni 3 million dollarga sotib olib, uni prezidentga sovg‘a sifatida taqdim qilish taklif etildi.   

Foto: Getty Images

15 sentyabrda Paramount Realty ko‘chmas mulk agentligi GoFundMe kraudfanding saytida uyni sotib olish uchun mablag‘ yig‘ish bo‘yicha aksiyani yo‘lga qo‘ydi. Agar yetarlicha miqdordagi pul yig‘ilsa, uy prezidentlik saylovlaridagi mag‘lubiyatidan keyin Oq uyni tark etayotgan Trampga sovg‘a qilinadi.

Yaqinda agentlik Nyu-Yorkning nufuzli tumanida Jamaica Estates’da joylashgan uyni auksionda 3 mln dollarga sotishga uringan, biroq buning uddasidan chiqa olmagan.

Tramp 5ta yotoqxona va 4ta vannaxonaga ega uyda 4 yoshigacha yashagan. Keyinroq uning oilasi yaqin atrofdagi qimmatroq uyga ko‘chib o‘tgan. 

Trampning bolaligi o‘tgan uy 2017 yilda u prezident lavozimini egallagandan keyin 2,14 mln dollarga sotib yuborilgan. Avval ko‘chmas mulk bilan shug‘ullangan Tramp Oq uyni yanvarda tark etganda, uy unga “muxlislaridan minnatdorlik yoki sovg‘a” sifatida taqdim etilishi mumkin. 

Tramp 2019 yil oktyabrda Nyu-Yorkdan Floridaga ko‘chib o‘tgandi.

Ko‘chmas mulk agentligida bu borada Tramp bilan maslahatlashilmagani ma'lum qilingan. Agar Tramp uyni olishni istamasa, unda yig‘ilgan mablag‘lar xayriyaga yo‘llanishi mumkin. Hozircha bunday antiqa loyihani amalga oshirishning uddasidan chiqiladimi yoki yo‘qmi, noma'lum. Biroq saytda bu maqsadda mablag‘ yig‘ila boshlangandan keyin uni hisobiga 45 dollar kelib tushgan.

Mavzuga oid
Top