17:10 / 20.12.2020
18565

«Paxtakor» 13-marta O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi. Masharipov Panenka uslubida gol urdi

O‘zbekiston kubogi finali doirasida Namanganda o‘tgan joriy mavsumning so‘nggi uchrashuvida «Paxtakor» OKMKga qarshi maydonga tushdi.

Foto: FC Pakhtakor

Ketma-ket uchinchi yilda ham kubok finali doirasida o‘zaro uchrashgan bu klublar o‘rtasidagi bahsda Shota Arveladze shogirdlari Mirjalol Qosimov jamoasi ustidan yirik hisobda zafar quchishdi.

Dragan Cheran 28 va 46-daqiqalardagi goli evaziga dublga erishgan bo‘lsa, 59-daqiqada o‘zbek futboli tarixida ilk marta VAR orqali belgilangan penaltini Jaloliddin Masharipov «Panenka uslubi»da ijro etib, finalda yirik hisob qayd etilishini ta'minladi – 3:0.

Ketma-ket ikkinchi yil ham OKMKni mag‘lub etib sovringa ega chiqqan «Paxtakor» 13 karra O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi.

O‘zbekiston kubogi-2020. Final
OKMK – «Paxtakor» - 0:3

Namangan. «Markaziy» stadion.
Hakamlar: Zokir Qodirov (Navoiy), Ruslan Serazitdinov (Toshkent), Ruslan Samandarov (Navoiy), Shavkat Nasibullayev (Namangan).
VAR-assitent: Aziz Asimov, Timur Gaynulin (Toshkent)
Gollar: Dragan Cheran 28, 46, Jaloliddin Masharipov 59, penalti.
OKMK: 35. Valijon Rahimov, 2.Akmal Shorahmedov, 3.Sardor Rahmonov, 5.Dilshod Jo‘rayev (4.Mirjamol Qosimov, 75), 7.Elguja Grigalashvili (77.Arslonmurod Amonov, 62), 11. Murod Toshmatov (31.Saydullo Rahmatov, 46), 18.Bahrom Abdurahimov (30.Jasur Umarov, 75), 21. Mate Vatsadze (9.Zafar Polvonov, 62), 23.Yovan Jokich, 44.Bobur Yo‘ldoshev, 94. Husniddin G‘ofurov.
«Paxtakor»: 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 4.Akram Komilov (29.Vladimir Kozak, 90), 5.Anzur Ismoilov, 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Dragan Cheran (99.Javohir Siddiqov, 83), 15.Yegor Krimets, 17.Dostonbek Hamdamov (18.Hojimat Erkinov, 72), 20.Odil Hamrobekov, 21.Abror Ismoilov (27.Sardor Sobirxo‘jayev, 72), 77.Eren Derdiyo‘q.

Top