17:39 / 20.12.2020
7821
Reklama

Karcher'dan yangi yil aksiyasi: maishiy texnikalar uchun maxsus chegirma!

Yangi yil kirib kelishiga ham sanoqli kunlar qolmoqda. Bu esa yaqinlar uchun yoqimli sovg‘alar xarid qilish vaqti, degani. Xo‘sh, oila a'zolaringiz uchun bayramga qanday syurpriz hozirladingiz? Hali ham biron bir reja yo‘qmi?

Unda bizda ajoyib taklif bor: xonadonimizni ozoda saqlash uchun so‘nggi texnologiyadagi maishiy texnika vositalari yangi yilda yaqinlar uchun ajoyib sovg‘a bo‘la oladi. Alfred Karcher GmbH & Co. KG. kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy vakili Asia Clean Center bayram munosabati bilan maxsus aksiyani e'lon qiladi. Endilikda siz dekabr oyining so‘nggi kuniga qadar kompaniya mahsulotlarini 40 foizgacha bo‘lgan chegirmali narxlarda xarid qilishingiz mumkin!

 

Rasmiy do‘konda tozalash uchun mo‘ljallangan turli xildagi texnika qurilmalarini topish mumkin:

  • yuqori bosimli tozalash apparatlari (25 foizgacha chegirma);
  • changyutgichlar (40 foizgacha chegirma);
  • elektron supurgilar;
  • shisha tozalagichlar;
  • gilam tozalash mashinalari;
  • bug‘lagichlari (20 foizgacha chegirma).

Karcher bug‘li tozalash mashinalari va changyutgichlari uyingizni tez va samarali tozalashga yordam beradi. Yuqori haroratli bug‘ning kuchli oqimi bilan turli yuzalarda yig‘ilib qolgan changlarni oxirigacha tortib oladi, burchaklarda paydo bo‘lgan bakteriya va mikroblarni zararlantirishda samarali yordam beradi.

Yana bir muhim qulaylik: Karcher bug‘lagichlari hammom va hojatxonalarni kimyoviy tozalash vositalari va ortiqcha qo‘l mehnatisiz bir zumda ozoda qiladi. Rakovina, kafellar, dushxona devorlari, oyna, plitkalarni siz istagandek ideal holatda tozalaydi.

Shuningdek, do‘konda avtomobillarni yuvish uchun mo‘ljallangan mashina yuvish tizimlari, texnika aksessuarlari va hattoki, sifatli tozalash vositalarini ham xarid qilish mumkin. Do‘konning malakali xodimlari esa sizga texnika tanlashda va uning xususiyatlarini batafsil tanishtirishda yaqindan ko‘maklashishadi.

Shoshiling, Yevropaning sinalgan va ishonchli texnika vositalarini maxsus narxlarda xarid qilishga ulguring. Muhimi, siz tanlagan sovg‘a o‘z egasini chinakamiga xursand qilsin.

Murojaat uchun telefon: +998 97 455-71-54

Sayt: karchermarket.uz

Telegram: t.me/karcher_tashkent

Facebook: fb.com/karchermarket.uz

Reklama huquqi asosida

Top