18:58 / 20.12.2020
4722

Qozog‘istonda davlat xizmatchilariga xorijiy banklarda hisobraqamga ega bo‘lish taqiqlandi  

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev qonunga davlat xizmatchilariga xorijiy banklarda hisobraqam saqlashni taqiqlovchi tuzatmalarni imzoladi. 

Foto: Reuters

Tuzatmalarga ko‘ra, Qozog‘iston tashqarisida joylashgan xorijiy banklarda hisobraqamlar, omonatlar ochish va ularga egalik qilish, naqd pul va moddiy qimmatliklar saqlash taqiqlanadi. Bu taqiqlov mas'ul davlat lavozimlarini egallovchi yoki davlat vazifalarini bajarishga vakolatli shaxslar hamda mansabdor shaxslarga joriy qilinadi. Shuningdek, parlament deputatlari va sudyalarga ham xorijiy hisobraqamlarga ega bo‘lish taqiqlanadi. Bundan tashqari, og‘ir va o‘ta og‘ir korrupsiyaviy jinoyatlar uchun sudlangan shaxslarni shartli muddatdan avval ozod qilish imkoniyati istisno qilinadi.

Mavzuga oid
Top