20:44 / 22.12.2020
6549

Prankerlar Hindiston bosh vaziri ofisini sotuvga qo‘yishdi 

Prankerlar Hindiston bosh vaziri Narendra Modining Varanasi shahridagi ofisini sotuvga qo‘yishdi. 

Foto: Reuters

Obektning 75 mln rupiyga sotilishi haqidagi e'lon internetda joylashtirilgan. E'londa bino qimmatbaho gilamli 4ta xonaga egaligi aytilgan.

Huquq-tartibot idoralari ushbu prankdan xabar topib, u bo‘yicha tergov boshlashgan. Tergov doirasida 4 yigit hibsga olingan, ular endilikda sud oldida javob berishadi. Politsiyachilarning fikricha, prankerlar haqiqatan ham Modining ofisini sotib, so‘ngra pullar bilan yashirinishmoqchi bo‘lishgan.

Top