23:53 / 22.12.2020
15184

Surxondaryo viloyati hokimi Afg‘onistonning Balx viloyatiga bordi

To‘ra Bobolov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida transchegaraviy savdoni rivojlantirish bo‘yicha Ishchi komissiyasining ikkinchi majlisida ishtirok etish uchun 22 dekabr kuni Afg‘oniston Islom Respublikasining Balx viloyatida bo‘ldi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati 

Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Balx viloyati markazi Mozori Sharif shahrida O‘zbekiston delegatsiyasi sharafiga rasmiy qabul marosimi o‘tkazilgan.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati 

Muloqot asnosida To‘ra Bobolov hamda Balx viloyati voliysi Muhammad Farhod Azimiy ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli o‘zaro do‘stlik, qardoshlik va iqtisodiy hamkorlik sezilarli darajada rivoj topayotgani, mamlakatlarimiz o‘rtasida transchegaraviy savdoni rivojlantirish bo‘yicha Ishchi komissiyasining navbatdagi majlisi bu munosabatlarda yangi sahifa ochishini ta'kidlab o‘tishgan.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati 
Top